пятница, 4 мая 2018 г.

Sanga

San haqingda yozganlarim koʻpmas. Sani tanimayman, rostim ham. Bunaga soʻzlar bilan boshlamasligim keragidi, lekin haqiqat shu.. Yozsam huddi sanga boʻlgan tuygʻularim qiymatini yoqotib qoʻygandek. Yana oʻzingga oʻqitish.. Huddi mana qara, sanga mana buni yozdim, bilib qoʻy degandekman a. Bilaman, unday deb oʻylamaysan, balkim koʻnglinga biroz ogʻir botar, lekin majburan yozayapti dema. Xoʻp? Tasavvurimda yashaysan, yashayverasan. Ming marotaba oʻzimni ovutganim bilan, million marta unutishni xohlaganimda ham. Yuzma yuz turib suhbatlashish, harkunimda zerikib ketgan mahallarimizdagi oddiy shunchaki suhbatlashishlarimdagigek boʻlmagani.. intilganman. Buyam manim haqiqatim. Hech qachon shunday javob qilishingni kutmaganman... Chorraha yonida tursam oʻng tomonga yursam sanga boraman, chapimda oʻzimga. Yoʻlim shunday. Osondek, yana masofam yoʻlingda. yoʻlimda. Hardoim aql bilan ish tutadigandek koʻrsatganim bilan, sanga borgani fikrlarim chalgʻitadi. Aqlning gapiga kirishga majburlayman, baʼzida oʻzimni oʻzim izolyasiyalagandekman..., sanga oʻtib qolmay, tomoninga qarab qoʻymay, yoʻlinga chiqib qolmay, koʻrib qoʻymay deb. Ikkita xayot, parallel umr. Bugun tishimni oldirib boʻlganimdan keyin tasodifan oʻqib qoldim: Tish oldirsa, nervni oʻldirsa koʻp narsalar esidan chiqib qolarkan, unutib qoldiragan boʻlarmush..:) 32ta tishimni oldirib yuborsam sani batamom unutib yuborarkanman deb kulib quydim. Jismimni bir qismini olib tashlab yuborsayu, unutib yuborarkanmanmishmi. Bitta suyakchani debmi?:) Yoʻq, albatta. Chunki jismimda emas, ruhimda yashaysan. Ruhimdagini biror jism bilan ham oʻldirolmaydi, oʻldirisholmyadi. Oʻzim bilan oʻzim kurashib jangchiga oʻxshab qolaman shunaqa payt. Farqi- sanga kurashib boʻlmaydi, xatto qarshimdagi raqibim ham boʻlolmaysan. Na magʻlubman, va na jangini yutgan gʻolib. Kayfiyatim sen boʻlding. Kun boʻyi san bilan boʻldim. Raxmat man bilan boʻlganing uchun.